Andijon viloyati Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlog‘i hududidan 14,1 km masofada oqib o‘tuvchi Aravansoyda qorlar erishi va jala yomg‘irlar hisobiga yuzaga keladigan suvli irmoqlar yig‘ilib Shahrixonsoyga quyiladi. Soyning maksimal suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 200 kub metr bo‘lib, so‘nggi marotaba 2010-yil 3-iyun kuni sekundiga 200 kub metr suv oqib kelib, o‘ng qirg‘oqdagi dambaga jiddiy zarar уetkazgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Sel va suv toshqini bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yuz berishi mumkin bo‘lgan xatarlardan aholini muhofaza qilish maqsadida mazkur qirg‘oqning mustahkam bo‘lishi choralari mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi.
Xususan, Andijon loyiha qidiruv ekspeditsiyasi mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Aravansoy o‘ng qirg‘og‘ida jami 6120 metr masofada qirg‘oq mustahkamlash ishlarini bajarish, shu jumladan 2000 metr eski dambani tiklash va 4120 metr yangi damba qurish rejalashtirilgan bo‘lib, jami 158 628 kub metr tuproq, 237 942 kub metr shag‘al, 45 572 kub metr xarsang tosh yotqizish belgilangan.
Qirg‘oqni mustahkamlash ishlariga jalb etilgan texnikalarga sarflangan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bir kunda 1188 tonna, mavsum boshidan jami 103 814 tonnani tashkil etdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish quyi tizimlari bilan hamkorlikda hashar yo‘li bilan boshlangan qirg‘oq mustahkamlash ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)