“PSV” o‘yinchisi Otman Bakkal, “Chelsi” himoyachisi Branislav Ivanovich va Italiya terma jamoasining a’zosi Jorjo Kyellini “Liverpul” jamoasi hujumchisi Luis Suares tishlagan yagona futbolchilar emasligi aniqlandi, deb yozadi Uff.uz Sports.ru manbasiga tayanib.
FIFA tartib-intizom qo‘mitasi hujumchi ishtirokidagi beshta shunga o‘xshash holatlar bo‘yicha urugvaylik futbolchini to‘rt oyga futboldan chetlatishga qaror qildi. Shunga o‘xshash holatlar Suares hali “Nasyonal Montevideo” klubi safida to‘p surib yurgan paytida yuz bergan.
Urugvay futbol federatsiyasi hujumchining obro‘si to‘kilishini istamay, bu holatlarni e’tibordan chetda qoldirgan.
Izoh (0)