Yoedir Sancho Belmontening 1950-yildagi futbol bo‘yicha Jahon chempionati Braziliya va Urugvay o‘rtasidagi final o‘yiniga chiptasi bo‘lgan. Ammo, Belmonte onasining betobligi tufayli ushbu o‘yinga bora olmagan, deb yozadi The Huffington Post.
Belmonte 64 yil saqlab kelgan chiptasini 27-iyun, juma kuni FIFA’ga topshirdi va uning o‘rniga 13-iyul kuni Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tadigan JCh — 2014 finaliga uch chiptani qo‘lga kiritdi.
Aging Brazilian grandfather trades his unused ticket from 1950 World Cup final for one to 2014 final. pic.twitter.com/9zbSxfoVLv
— Andrew Das (@AndrewDasNYT) June 27, 2014
“Umid qilamanki bu safar Braziliya g‘oliblikni qo‘lga kiritadi”, — dedi 85 yoshli Braziliyalik Belmonte.
Braziliya 1950-yili Urugvayga qarshi o‘yinda 1—2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
“O‘shanda onamning betobligi tufayli futbolga borishga ko‘nglim bo‘lmagan. Onam bir necha kundan so‘ng vafot etgan. O‘yinga bormasdan tog‘ri qaror qilganman”, — dedi Belmonte.
Bundan bir necha oy avval Belmonte FIFA’ga xat yozib, o‘zining 1950-yildagi o‘yindan ishlatilmagan chiptasini 2015-yilda ochiladigan futbol muzeyiga in’om etmoqchiligini ta’kidlagan. 27-iyun, juma kuni u o‘z chiptasini FIFA’ning bosh kotibi Jerom Valk qo‘liga topshirdi va JCh — 2014 finaliga uch chiptani qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)