Samsung Electronics’ning moliyaviy direktori Li Seng Xun 2014-yilning ikkinchi choragida kompaniyaning moliyaviy yakunlari uncha yaxshi emasligini ta’kidladi. Avvalroq kompaniya ikkinchi chorak so‘ngida 8,2 milliard dollar foyda ko‘rishni rejalashtirgan edi, deya xabar beradi Mail.Ru.
KTB Investment & Securities mutaxassislarining ta’kidlashicha, o‘tgan yilning ikkinchi choragiga nisbatan joriy yilning ikkinchi choragida kompaniya daromadi 16 foizga qisqargan. Bu muammo esa smartfonlar sotuvi kamaygani bilan izohlanmoqda.
Kompaniya 2014-yilning ikkinchi choragida 88 million dona qurilma sotishni rejalashtirgan, lekin bu ko‘rsatkich ancha past – 77 millionni tashkil etgan. Ayrim mutaxassislar Samsung kompaniyasining mavjud ko‘rsatkichlari yomonlashishiga Galaxy S5 smartfoniga bo‘lgan talabning sustligi sabab bo‘lgan, deya tahmin qilishmoqda.
Izoh (0)