Tayvan kompaniyasi bo‘lmish ASUS yil oxirigacha o‘zining ilk aqlli soatini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. ASUS yangi gadjet haqida hech qanday ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, TechCrunch kompaniyadagi manbasiga tayangan holda gadjet sentabr oyida taqdim etilishi haqida xabar bergan, deya yozadi Mail.Ru.
5–10-sentabr kunlari Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA-2014 ko‘rgazmasidan ushbu gadjet ham o‘rin olishini tahmin qilish mumkin. Manbaga ko‘ra, ASUS aqlli soati AMOLED displeyga ega bo‘ladi, ammo Google I/O konferensiyasida LG va Samsung tomonidan taqdim etilgan aqlli soatlardan arzonroq bo‘lishi kutilmoqda.
ASUS o‘zining ilk aqlli soatini 99–149 dollar narxda sotishi mumkin. Kompaniya avvalroq ushbu qurilmani ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan-u, ammo Android Wear’ning taqdim etilishi va unga bo‘ladigan fikrlarni bilishni istagan.
TechCrunch'ning ta’kidlashicha, ASUS kompaniyasining aqlli soati bunday soatlar orasida eng ingichkasi bo‘ladi.
Izoh (0)