Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘an avgustda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga mamlakatning hukmron partiyasi tomonidan nomzod sifatida ko‘rsatiladi. Bu haqda, bosh vazir o‘rinbosari Bulent Arinjga asoslanib, Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bizning nomzodimiz kim bo‘lishini barchamiz ham yaxshi anglab turibmiz. 1-iyul kuni barcha taqiqlar olib tashlanadi va shundan so‘ng, katta ehtimol bilan, bosh vazirimiz nomzodini ilgari suramiz”, – dedi Arinj.
“Kun”ning xabar berishicha, Turkiyadagi prezidentlik saylovlari 2014-yil 10-avgustida o‘tkaziladi. Bu mamlakat tarixidagi ilk umummilliy prezidentlik saylovlari bo‘ladi — bungacha davlat rahbari parlament tomonidan saylanardi.
Agar saylovning birinchi turida birorta ham nomzod yetarli miqdorda ovoz to‘play olmasa, 24-avgust kuni saylovning ikkinchi turi o‘tkaziladi.
Izoh (0)