“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Italiyaning Landi Renzo S.p.A korxonasi hamkorligida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ)da “Avtosanoat — Landi Renzo” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Bu haqda “Navoiy” EIIZning rasmiy sayti xabar qildi.
Ushbu qo‘shma korxona “Navoiy” EIIZda “Yiliga 25 000 dona kapot ostiga o‘rnatiladigan siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan motor qismlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” investitsion loyihasini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
“Avtosanoat — Landi Renzo” investitsion loyihasini amalga oshirishning birinchi bosqichida ikki million dollarlik sarmoya kiritiladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish mobaynida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish va yangi ish joylarini yaratish rejalashtirilgan.
Izoh (0)