2014-yilning 27-iyunidan Farg‘onadan Buxoroga boradigan va qaytadigan qatnovlarga maxsus tarifi kiritiladi, bunday tarifning narxi Farg‘onadan Buxoroga bir tomonga 56 yevro (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 24-iyundagi valyuta kursiga ko‘ra 175 946 so‘m 96 tiyin)ni va Buxorodan Farg‘onaga 58 yevro (182 230 so‘m 78 tiyin)ni tashkil qiladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining saytida xabar berilgan.
Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi reklama tarifining amal qilishi davom etmoqda va bir tomonga bunday aviachipta narxi 16 yevro (50 270 so‘m 56 tiyin)ni, Toshkent—Navoiy va Navoiy—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 27 yevro (84 831 so‘m 57 tiyin)ni, Farg‘ona, Andijonga boradigan va qaytadigan qatnovlar narxi bir tomonga 25 yevro (78 547 so‘m 75 tiyin)ni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun to‘lov O‘zR Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.
Izoh (0)