FIFA tashkiloti Italiya — Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindagi Suares bilan Kyellini o‘rtasidagi to‘qnashuvni sinchiklab tekshirib chiqadi, deya xabar berdi Uff.uz Sport-express.ru ma’lumotiga tayanib.
“Biz o‘yin inspektorining rasmiy hisobotini kutyapmiz. Shundan keyin barcha kerakli materiallarni yig‘ib, o‘sha epizodni o‘rganib chiqamiz”, — dedi FIFA vakili.
Eslatib o‘tamiz, Suares Italiyaga qarshi maydonga tushganida raqibi Jorjo Kyellinini tishlab olgan.
FIFA Tartib-intizom qo‘mitasining Kodeksiga muvofiq, raqibni tishlaganlik uchun eng katta jazo 24 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish hisoblanadi.
“Men o‘sha epizodni bir necha marta televizor orqali tomosha qildim. Shubhasiz, Suares – fantastik o‘yinchi. Ammo uning xulqi qattiq tanqidga munosib. FIFA bu ishni yaxshilab o‘rganib chiqib, futbolchini qat’iy jazolashi kerak”, — dedi FIFA hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Jim Boys.
Izoh (0)