Apple kompaniyasining Xitoydagi yetkazib beruvchilari 2014-yilning iyulidan iPhone’ning ikki yangi modelini ommaviy ravishda ishlab chiqarishni boshlaydi, deya xabar beradi “Kun” Bloomberg axborot agentligi ma’lumotiga asoslanib.
Qayd etishlaricha, Apple ekran diagonali avvalgilariga nisbatan kattaroq bo‘lgan ikki yangi smartfonni taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Smartfonlardan birining diagonali 4,7 dyuym, boshqasiniki esa — 5,5 dyuymga teng bo‘lib, Apple’ning hozircha so‘nggi smartfoni — iPhone 5s’ning ekran diagonali 4 dyuymga teng.
Taxminlarga ko‘ra, Apple’ning yangi qurilmalari sentabrdan savdoga chiqarilishi mumkin.
Manbalarning ma’lum qilishlaricha, iPhone’ning yangi modeli avvalgilariga nisbatan ingichkaroq va nisbatan aylanaroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Izoh (0)