Qozog‘istonning “Aktobe” klubi bilan shartnoma muddati yakuniga yetgan Aleksandr Geynrix Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma muddati ikki yilni tashkil qilishi ma’lum qilinmoqda, deya xabar beradi Uff.uz.
Geynrix ikkinchi davradan boshlab “temir yo‘lchilar” safida ishtirok etishni boshlaydi.
U 2012-yilning yozida Qozog‘istonning “Aktobe” klubiga o‘tgan. Sasha o‘tgan yili “Aktobe” tarkibida chempionlikka erishgan. Shuningdek, Qozog‘iston Superkubogi sohibiga ham aylangan.
Izoh (0)