Yodgor Nosirov hamda Jamshid Xojiniyozov g‘oyasi asosida Ulug‘bek Rahmatullayevning “Kabutarlar” taronasiga klip suratga olish jarayonida ijaraga olingan qushlar uchib ketgan. “Shou-biznes”ning xabar berishicha, har bir kabutar narxi bir million so‘mni tashkil etadi.
Xabarda ta’kidlanishicha, klipda 1985—1988-yillar aks ettirilgan bo‘lib, tasvirga olish vaqtida kabutarlar qanotlariga bog‘langan iplar yechilgan va qushlar uchib ketgan.
Uzoq vaqt kabutarlarning qaytishini poylagan ijodiy guruh hafsalasi pir bo‘lgan — qushlar qaytib kelmagan. Klipni suratga olish ishlari yakunlanmagani tufayli, uchib ketgan kabutarlar o‘rniga xuddi ularga o‘xshash boshqa qushlar topilib, dublyor sifatida suratga olish ishlari davom ettirilgan.
Izoh (0)