Kosta-Rika terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichi, ikkinchi turida Italiyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa kosta-rikaliklar muddatidan avval nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Uchrashuvda Italiya terma jamoasi ko‘p tashabbusga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, Prandelli shogirdlariga aniqlik yetishmadi. Xususan Mario Balotellining o‘zi bir nechta qulay vaziyatlarni yo‘qqa chiqardi. Aksincha, Kosta Rikaning kam sonli hujumlari ancha xavfli ko‘rinish oldi. Mana shunday hujumlardan birini birinchi bo‘lim so‘ngida Ruis golga aylantirdi va jamoasiga sensatsion g‘alaba taqdim etdi.
Ikkinchi bo‘limda Italiya terma jamoasining urinishlari samara keltirmadi va hisob o‘zgarmay qoldi.
Ta’kidlash joiz, ushbu g‘alaba Kosta Rika terma jamoasiga nimchorak final yo‘llanmasini ta’minladi. Eslatib o‘tamiz, Kosta Rika birinchi turda Urugvay ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Uchinchi turdagi har qanday natija jamoani nimchorak finalga olib chiqadi.
Izoh (0)