Balandlikka sakrash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi hamda qator nufuzli xalqaro turnirlar sovrindori, o‘zbekistonlik Svetlana Radzivil Polsha hamda Germaniyada o‘tkazilgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik musobaqalarda eng yuqori natijani qayd etib, oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab, 15-iyun kuni Polshada bo‘lib o‘tgan Gran-Pri turnirida 1 metr 96 santimetr natijani qayd etib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan Svetlana Radzivil, 19-iyunda Germaniyaning Byul shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi musobaqada 1 metr 96 santimetr natijani qayd etdi va mazkur Gran-Pri turnirida ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)