Joriy yilning 16-iyunidan 15-avgustiga qadar Ucell “Mobil voqealar” deb nom olgan yangi tanlovini o‘tkazadi. Agar sizning hayotingizda Ucell bilan bog‘liq qiziq, esda qoladigan, muhim voqea bo‘lgan bo‘lsa, bunday holda tanlov aynan siz uchun. Hikoyalarni 2014-yilning 15-avgustiga qadar mobilestory@ucell.uz elektron manziliga yuboring. Eng yaxshi hikoyalar rasmiy saytda chop etilib, g‘oliblar Kompaniya tomonidan qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritadilar. Tanlovning asosiy shartlaridan biri – sizning hikoyangiz haqqoniy va hayotiy bo‘lishi zarur.

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Birinchi mobil voqea allaqachon Kompaniya manziliga kelib tushdi. Ucell u bilan bo‘lishib, o‘z mijozlarini tanlovda ishtirok etishga chaqiradi.

…Olis Surxondaryoda ilk qarashdanoq o‘ziga maftun qiluvchi ajoyib joy bor. Bu “Sangardak” sharsharasidir. Uning tarixi ertaknamo, balki afsonaviy hamdir. Bir necha yillar avval mamlakat janubiga xizmat safariga borganimda tabiatning bu ajoyib burchagini ziyorat etishga qaror qildim. Bu manzil dasturga kirmagani uchun rahbariyatni xizmat safarini yana bir kunga cho‘zishga ko‘ndirdim. Balandda, tog‘ tizmalari orasida, tabiiy sharshara atrofida shu nomdagi qishloq ham joylashgan. Kech bo‘lganida u yerga kirib bordik.

Toshkentdagi qarindoshlarimizni uyga bir kun kechroq borishimiz haqida ogohlantirib qo‘yish yodimizga tushib qoldi. Ayniqsa men uchun bu muhim edi: rafiqam homiladorlikning so‘nggi kunlarini boshidan kechirayotgan bo‘lib, tez orada birinchi farzandimiz tug‘ilishi kutilayotgan edi. Biroq shu payt bizning mobil telefonlarimiz bu joylarda signal “ushlamasligi” ma’lum bo‘ldi. Bizni kutib olgan shu yerlik oqsoqol Norboy aka bizga yordam berdi. U bu yerda faqat Ucell ishlashini aytdi va o‘z mobil telefonidan foydalanishni taklif qildi (u nevarasi tomonidan 70 yilligida sovg‘a qilingan yangi smartfon ekan).

Uyimizga qo‘ng‘iroq qilib, oila a’zolarimiz bilan gaplashib oldik. Biroq men uchun asosiysi hali oldinda ekan. Ertasi kuni tongda endi uyg‘onib turganimda o‘sha Norboy aka “Suyunchi bering, mehmon”, — degan so‘lar bilan menga smartfonini keltirib berdi. O‘sha tongda o‘g‘lim tug‘ildi. Bunday yangilikni bu yoshi ulug‘ oqsoqoldan bosh kim ham menga yetkaza olardi? Axir u oramizda yagona Ucell foydalanuvchisi edi. Hayotimdagi eng quvonchli xabarni yetkazish uchun faqat unga qo‘ng‘iroq qilib tusha olishibdi. O‘shandan beri oqsoqol har yili 25-may kuni sahar 5 da qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘limning tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi. Yaxshi an’ana…

Ucell foydalanuvchisi Haydar Hotamovning “mobil voqealari”dan.

Siz ham tanlovda qatnashing va o‘zingizning haqiqiy, mobil hikoyalaringiz bilan bo‘lishing!

Tanlov shartlari haqida batafsil www.ucell.uz saytida bilib olishingiz mumkin.