O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Istburn shahrida o‘tkazilayotgan “ATP Aegon International” an’anaviy xalqaro turnirida chorak finalga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Nimchorak finalda ispaniyalik tajribali tennischi, dunyo reyting jadvalida 31-pog‘onada borayotgan Gilermo Garsiya-Lopes bilan kuch sinashgan Denis Istomin ikki set yakunlariga ko‘ra, 6:2, 7:5 hisobida zafar quchib, bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.
Endi o‘zbekistonlik tennischi yarim final yo‘llanmasi uchun dunyo reyting jadvalida 53-o‘rinda borayotgan Eduar Roje-Vasslen (Fransiya) qarshi kortga tushadi.
Izoh (0)