Malayziya g‘arbida yo‘lovchi kemasi cho‘kib ketdi, deya xabar beradi “Kun” Reuters axborot agentligi ma’lumotiga tayanib.
Kema bortida 97 nafar indoneziyalik bo‘lgan, hozirgi vaqtda ularning 67 nafari bedarak yo‘qolgan deb gumon qilinmoqda.
Malayziya sohil qo‘riqlash xizmati vakillari taxminiga ko‘ra, kemaning aksariyat yo‘lovchilari — ayollar va bolalar — noqonuniy ravishda chegarani kesib o‘tish niyatida bo‘lgan.
Malayziya hukumati halokat hududiga qidiruv ishlari uchun kema jo‘natgan va yaqin vaqt ichida yana ikkita kema jo‘natilishi kutilmoqda.
Izoh (0)