Buyuk Britaniyaning Axborot razvedka xizmati mamlakatdagi internet foydalanuvchilarining shaxsiy Facebook, Google, va Twitter’dagi profillarini nazorat qilayotganini tan oldi, deya xabar beradi The Telegraph.
Xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash byurosining bosh direktori Charlz Farr sudda — Google va YouTube’dagi qidiruv natijalarini ko‘rish, Twitter va Facebook’dagi statuslarni o‘qish qonunga xilof emasligi, bunday harakat “tashqi kommunikatsiya” klassifikatsiyasiga kiruvchi qonun bilan mustahkamlanganligini ta’kidladi.
Tashqi kommunikatsiya, aloqa almashinuvi vaqtida Britaniya orollari ishtirok etishi va etmasligidan qat’iy nazar, Britaniya orollaridan tashqarida jo‘natilgan ma’lumotlardir.
Google va boshqa internet xizmatlarning ma’lumot bazalari asosan AQSh va Yevropada joylashgan. Bu degani, Buyuk Britaniya internet foydalanuvchisi tomonidan bajarilgan qidiruvda boshqa mamlakatlarda joylashgan serverlar ishtirok etishi mumkin.
“Ma’lumotlarni chet el maxfiy razvedka agentliklari, ayniqsa AQSh agentliklari bilan almashish, terrorchilik harakatlari va jiddiy jinoyatlarni bevosita oldini olishga yordam berdi”, — deya ta’kidladi Charlz Farr.
Izoh (0)