Germaniya kansleri Angela Merkel JCh–2014 birinchi turidan o‘rin olgan Germaniya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Uchrashuv yakuniga yetgach, Merkel futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklash va muvaffaqiyatni ular bilan nishonlash maqsadida terma jamoa kiyinish xonasiga kirdi. Lukas Podolski o‘zining Twitter va Instagram'dagi sahifalariga Angela Merkel bilan tushgan selfilarni joylashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda nemislar 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)