“Samarqand” aeroporti Fuqarolik aviatsiyasi “Aeroport” assotsiatsiyasi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “MDH dagi eng yaxshi aeroport” tanlovining “Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi, deb xabar beradi Anons.uz.
“Samarqand” aeroporti o‘ninchi marta ushbu nufuzli tanlovning turli nominatsiyalari bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu safar “Samarqand” yiliga 100 mingdan 500 minggacha yo‘lovchini tashiyotgan aeroportlar orasida 2013-yil natijalari bo‘yicha eng yaxshi deb topildi.
Izoh (0)