Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ruminiyalik xaker AQSh hukumati mansabdor shaxslari va ikki nafar sobiq prezidenti qarindoshlarining Facebook’dagi akkauntini buzganlikda ayblanmoqda, deya xabar beradi Huffington Post.

Foto: nypost.com

Foto: nypost.com

“Guccifer” nomi bilan mashhur bo‘lgan, Bush oilasining shaxsiy rasmlarini ommaga tarqatgan Marchel Lexel Lazar 12-iyun kuni Virjiniya shtatining federal sudi tomonidan aybdor deb topildi.

42 yoshli Lazar internet tovlamachiligi va ruxsatsiz birovning kompyuteriga kirganlikda ayblandi.

2013-yilning 7-fevralida bir nechta nashrlarda paydo bo‘lgan rasmlardan biri katta Jorj Bush kasalxonadaligini tasvirlagan bo‘lsa, qolgan ikkitasi Bushning avtoportretlari edi. Ularda Guccifer imzosi mavjud bo‘lgan.

Ayblovda aytilishicha, Lazar o‘z ismini yashirgan holda ushbu rasmlarni ommaviy axborot tashkilotlariga tarqatgan. Shuningdek, 2013-yilning mart oyida Lazar hukumatga tegishli boshqa shaxsning Facebook'iga ruxsatsiz kirgan.

Xabarlarga ko‘ra Lazar hozir Yevropa qamoqxonalarining birida saqlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi