O‘zbekiston Fanlar akademiyasi S.Azimov nomidagi “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan havodagi radonning hajmiy faolligini o‘lchash qurilmasi yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi xabar berdi.
Bu qurilma yordamida yadro fizikasi va texnika, atrof-muhitning radiofaolligini ekspress-nazorat qilish, xususan, havodagi radon faolligini o‘lchash va yer silkinishlarini qisqa muddatda oldindan aytib beradigan qurilmalar yaratishda foydalanish mumkin.
Qurilma nur tarqatish detektori, havoni kiritish-chiqarish uchun patrubkalar va elektron ro‘yxatga oluvchi blok bilan ta’minlangan bo‘lib, bu havodagi radon faolligini ekspress-nazorat qilishni osonlashtiradi, jarayonning aniqligi, tezligi va xavfsizligini yuqori darajada ta’minlaydi, energiyani tejashga yordam beradi.
Izoh (0)