O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 13-iyun, juma kuni AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Rossiya va Yevroosiyo bo‘yicha katta direktori Selest Anna Uollenderni qabul qildi, deya xabar beradi “Kun” O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib.
Selest Anna Uollender O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi turli darajadagi ikki tomonlama muntazam aloqalar doirasida Toshkentga tashrif buyurgan.
TIVdagi uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro manfaatli sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston—AQSh muloqoti ijobiy dinamikasi alohida qayd etib o‘tildi.
Tomonlar mintaqadagi vaziyat, jumladan, Afg‘onistondagi holatning istiqboli va boshqa xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashgan.
Izoh (0)