Karachi sudi Pokistonning sobiq prezidenti, general Parvez Musharrafga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi. Bu haqda Musharrafning advokati Farog‘ Nasimga asoslanib Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi.
“Sud bizning apellyatsiyamizni qabul qildi va Musharrafning ismi-sharifini mamlakatdan tashqariga chiqishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatidan chiqarish haqida qaror qabul qildi. Qaror 15 kundan so‘ng bajariladi”, – dedi advokat.
“Kun”ning qayd etishicha, avvalroq, sud Parvez Musharrafni davlatga xiyonatda ayblagan edi. Musharraf Pokiston Konstitutsiyasining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va yuqori martabali sudyalarni qonunga zid ravishda ishdan chetlatishda ayblanmoqda.
Izoh (0)