2014-yilning 18-iyun — 2-iyul kunlari Gruziyaning Telavi shahrida xotin-qizlar o‘rtasida FIDE Gran-pri turnirining navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dunyoning yetakchi grossmeysterlari ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur musobaqada o‘zbekistonlik xotin-qizlar orasida birinchi xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova ham g‘oliblik uchun bahs yuritadi.
Turnir aylanma tizimda o‘tkazilib, 11 turdan iborat bo‘ladi.
18-iyunda FIDE Gran-Pri turnirining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilsa, 19-iyundan bahslar boshlanadi. 23—28-iyun kunlari dam olish kuni deb belgilangan.
Quyida, ushbu bosqichda g‘oliblik uchun dona suradigan shaxmatchilar ro‘yxati berilgan:
- GM Xou Yufan (Xitoy)
- GM Xampi Koneru (Hindiston)
- GM Anna Muzichuk (Slovakiya)
- GM Nana Dzagnidze (Gruziya)
- GM Aleksandra Kostenyuk (Rossiya)
- GM Antoaneta Stefanova (Bolgariya)
- GM Xarika Dronavali (Hindiston)
- GM Chjao Syue (Xitoy)
- GM Elina Danilyan (Armaniston)
- WGM Nafisa Mo‘minova (O‘zbekiston)
- WGM Szyuy Venszyun (Xitoy)
- IM Bela Xotenashvili (Gruziya)
Izoh (0)