Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida mazkur mamlakatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘rtasida futbol bo‘yicha turnir o‘tkazildi. “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlangan tadbir mamlakatning GFRdagi diplomatik vakillari hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasining Frankfurt-Mayndagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etildi. Bu haqda UzReport xabar berdi.

Frankfurt-Mayn shahri. Foto: ryanair-ru.com

Frankfurt-Mayn shahri. Foto: ryanair-ru.com

Har yili o‘tkaziluvchi turnirning asosiy vazifalaridan biri o‘zbek yoshlari orasida sport bilan shug‘ullanish va turli madaniy-ommaviy tadbirlarga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat.

Qiziqarli kechgan futbol turnirida 12 ta talabalar jamoasi ishtirok etdi. Turnirda Frankfurt-Mayn shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Myunxen va Kyoln shaharlaridan kelgan jamoalar egalladi. G‘olib jamoalarga medallar, diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Futbol bayrami yakunlangach, barcha ishtirokchilar va muxlislar uchun an’anaviy o‘zbek dasturxoni yozildi. Tadbirda o‘zbek talabalarining foydali hordiq chiqarishlari va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari uchun yaxshi imkoniyat yaratildi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi