Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi qirollik Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda Londondagi Ukraina institutiga asoslanib “UNN” xabar bermoqda.
“Kun” ma’lumotlariga ko‘ra, qirolicha bu boradagi tegishli bayonotni Buyuk Britaniya parlamentining navbatdagi sessiyasi ochilishiga bag‘ishlangan yillik an’anaviy nutqida bergan.
“Birlashgan Qirollik Yevropa chegaralarida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, hududiy yaxlitlik, suverenitet va xalqaro huquqni hurmat qilishga asoslangan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish uchun barcha choralarni ishga soladi”, — deya qayd etdi qirolicha.
Izoh (0)