Kor UNG O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi 60 ta avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS) qurilishiga kredit mablag‘larini jalb qila olmadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
QK UzOmanCapital investfondi va qator Koreya banklari bilan muzokaralar olib bordi, biroq 50 million dollar hajmidagi mablag‘ bo‘yicha bitim tuza olmadi.
Kompaniyadagi manbalarning ta’kidlashicha, QK loyihani moliyalashtirish uchun o‘zbek banklaridan konsorsium tuzmoqchi. Biroq loyihaning baland qiymati uning rentabelligiga va mablag‘larni qaytarish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Dastlab 2014-yil oxirigacha umumiy qiymati 42,8 million dollarga teng 50 ta AGTKS dan iborat tarmoq qurish rejalashtirilgan, keyinchalik reja o‘zgartirilgan va 2015-yilda 105 million dollarlik 60 ta AGTKS barpo etish haqida qaror qabul qilingan.
Ayni paytda QK to‘rtta AGTKS qurilishini olib bormoqda. Loyihani QK ta’sischilari mablag‘lari va jalb etiladigan kreditlar hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgan.