Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zavtosanoat” Aksiyadorlik kompaniyasi sho‘ba korxonasi bo‘lgan AgromashSanoatInvest MChJ (ASI) Janubiy Koreyaning LS Mtron kompaniyasi litsenziyasi bo‘yicha mini-traktorlar yig‘ishga kirishdi. Bu haqda ASI bosh direktori o‘rinbosari Rustam Saydaliyev ma’lum qildi, deb yozadi “Noviy vek”.

Foto: crismenegon.com.br

Foto: crismenegon.com.br

“TTZ LS markasi ostidagi traktorlarni yig‘ish “Toshkent traktor zavodi” OAJda yo‘lga qo‘yilgan, — dedi Rustam Saydaliyev. — 2014-yil oxirigacha quvvati 30 dan 85 tagacha ot kuchiga teng olti modifikatsiyadagi mingta mashinani yig‘ish rejalashtirilgan”.

2013-yil dekabrida AgromashSanoatInvest LS Mtron bilan strategik hamkorlik haqida bitim imzolagan. U 2014—2018-yillarda O‘zbekistonda 24 570 ta mini-traktor ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Shartnoma qiymati 500 million dollarni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?