Toshkentdagi videokameralar svetoforlar yaqinidagi stop-chiziqlarga rioya qilmaydigan haydovchilarni aniqlashga yordam beradi
Toshkent shahridagi chorrahalarga fotoradar va videokameralar o‘rnatilmoqda. Shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Anhor” nashriga ma’lum qilishicha, bunday videokameralarni poytaxtning deyarli barcha serqatnov chorrahalariga o‘rnatish rejalashtirilgan.
Kameralar avtomobilning nafaqat old qismini, balki yon tomonini ham muhrlaydi, bu esa qizil chiroqda to‘xtagan haydovchilarning stop-chiziqni bosgan-bosmaganini aniqlashga yordam beradi.
Videokameralar kun-u tun mashinalar harakatini kuzatadi, olingan ma’lumotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv markaziga yuboriladi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar