LG G3 smartfoni G seriyasi va foydalanilishi oddiy bo‘lgan qurilmalarning konsepsiyasi negizida yaratildi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
2014-yil 27-may kuni LG Electronics kompaniyasi ommabop bo‘lgan LG G2 modelini davom ettiruvchi G3 smartfonini taqdim etdi. Yangi model taqdimoti dunyoning turli burchaklaridagi olti shaharda – London, Nyu-York, San-Fransisko, Seul, Singapur va Istanbulda bir paytning o‘zida bo‘lib o‘tdi.
LG G3 smartfoni “Oddiy yechimlarning benuqsonligi” konsepsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan. Ushbu smartfon LG’ning “Ilhomimiz siz tufayli” nomli falsafasi cho‘qqisiga ko‘tarildi, kompaniyaning barcha yangi mahsulotlari shu shior asosida ishlab chiqiladi. LG G3 smartfoni zamonaviy texnologiya taklif etishi mumkin bo‘lgan barcha yangiliklar bilan ta’minlangan, bu esa qurilma egalarida undan foydalanishda LG’ning barcha avvalgi mahsulotlariga nisbatan zo‘r taassurotlar qolishini ta’minlaydi.
Yangi LG G3 smartfonining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:- Quad HD ekrani, diagonali 5,5 dyuymli va piksellar zichligi 538 ppi, o‘lchami HD’dan to‘rt marotaba va Full HD’nikidan deyarli ikki barobar ortiq;
- 13 Mp kamerasi, OIS+ tasvirning optik stabilizatoriga hamda oddiy telefon kameralariga nisbatan juda qisqa vaqt ichida o‘ta aniqlik bilan tasvirga oladigan lazerli avtofokusga ega;
- Metalli tekstura effektiga ega orqa qopqoq qoplamasi yengilligi va barmoq izlaridan himoyalanganligi bilan farqlanadi;
- Smartfon dizayniga Rear Key boshqaruv klavishlari innovatsion yangilik sifatida kiritilgan.
Quad HD ekranining 538 ppi pikselli zichligi tufayli, LG tasvir kontrasti va aniqligining odatdagi smartfonlardagiga qaraganda yanada yuqori darajasini ta’minlash bilan yangi sifat standartlarini o‘rnatdi. Diagonali 5,5 dyuymli bo‘lgan LG G3 displeyi smartfon yuza qismining 76,4 foizini egallaydi.
LG G3 3000 mA/soat quvvatga ega almashinuvchi akkumulyator bilan ta’minlangan. Katodda metallni grafitga almashtirgan LG muhandislari G3 uchun yangi batareyaning ishlash muddatini yanada uzaytirishga erishdi. Natijada Quad HD displeyining yuqori unumdorligini ta’minlovchi akkumulyator yaratildi.
G3’ning 13 Megapikselli, OIS+ texnologiyasi bo‘lgan zamonaviy kamerasi tez va osonlik bilan suratga tushirish uchun yaratilgan. Bunga smartfonlar bozorida birinchi marta qo‘llanilgan innovatsion lazerli avtofokus tufayli erishildi. Ushbu texnologiya G3 smartfoniga yetarlicha yorug‘lik bo‘lmagan holatda ham yaxshi tasvirga olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, G3’ning 2,1 megapikselli frontal kamerasi bir nechta yangi takomillashuvga ega. Buning ichiga tasvirni ilib olish uchun katta hajmdagi piksellar ham, obyektivga tushayotgan yorug‘lik miqdorini oshirish uchun katta diafragma ham kiradi, natijada yanada sifatli selfi fotosuratlar hosil bo‘ladi. Qimirlatish orqali boshqarish ko‘rinishidagi imkoniyat selfi suratlarini soddalashtirish uchun qo‘shilgan: suratga tushirish uchun obyekt tayyor bo‘lganda kaftni qisib, keyin yoyib yuborish lozim – G3 avtomat tarzda uch soniyada suratga oladi.
G3 videoga olishda maksimal darajada toza yozish uchun ovozning optimal darajasini aniqlashda atrof muhit ko‘rsatkichlarini o‘lchaydigan mikrofonlar bilan sifatli ovozni taqdim etadi. Qurilmaga 1 Vt quvvatga ega dinamika o‘rnatilgan.
Rear Key boshqaruv klavishlari takomillashtirilgan yoqish/o‘chirish tugmachalari va ovozni sozlash tufayli, shuningdek, yanada sifatliroq materiallar va bezaklar tufayli LG’ning innovatsion dizaynerlik vazifalarini yana mujassamlashtiradi.
Smartfon beshta yorqin: metallsimon qora, oq, tillarang, binafsha va qizil ranglarda ishlab chiqarilgan.
Reklama asosida. Matn: LG
Shuningdek, LG haqidagi yangiliklarni kompaniyaning Facebook, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlari hamda YouTube, Mover va MyTube saytlaridagi sahifalaridan bilishingiz mumkin.
Izoh (0)