Buxoro shahridagi “Dilkusho” tennis markazida tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida ITF turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Musobaqada o‘zbekistonliklar bilan birga Gruziya, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Qirg‘izistondan kelgan tennischilar bahslashmoqda.
Turnirning yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan yurtdoshlarimizdan Oqgul Omonmurodova, Nigina Abduraimova, Sabina Sharipova, Arina Fols, Milena Ahmedova, Albina Xabibulina, Polina Merenkova va Vlada Yekshibarova asosiy turning dastlabki uchrashuvida g‘alaba qozondi.
Juftliklar o‘rtasidagi bahsda tennischilarimizdan Oqgul Omonmurodova va Nigina Abduraimova, Albina Xabibulina va Alina Abdurahimova, Vlada Yekshibarova va Katya Malikova (Ukraina), Sabina Sharipova va Veronika Kapshay (Ukraina), Shahnoza Hotamova va Alisa Timofeyeva (Ukraina), gruziyalik Yekaterina Gorgodze va Sofiya Kvatsabaya, rossiyalik Margarita Lazareva va Yekaterina Yashina juftliklari chorak finalga chiqdi.
Izoh (0)