O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 29-may kuni soat 19:00 da Ummonga qarshi yana bir o‘yin o‘tkazadi. Toshkentdagi “Jar” stadionida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi futbolchilar Ummon termasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga chiqadi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Ikkinchi o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Maksim Shatskix, Ulug‘bek Baqoyev va Viktor Karpenko maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, bu futbolchilar uchun bugungi uchrashuv xayrlashuv o‘yini hisoblanadi.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston—Ummon o‘rtasidagi Olmaliq shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda 1:0 hisobida mehmonlar g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)