Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining 12-turida “Yalla” guruhi solisti, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov qiyofasida sahnaga chiqdi.

Farrux Zokirov “qiyofadoshi” bilan. Foto: Facebook / Первый канал

Farrux Zokirov “qiyofadoshi” bilan. Foto: Facebook / Первый канал

“Toch v toch”ning navbatdagi maxsus bosqichida Sevara Farrux Zokirovning “Uchquduq” deb nomlangan taronasini ijro etdi. Qo‘shiqning so‘nggi naqarotida Farrux Zokirovning o‘zi ham sahnaga chiqib, Sevara bilan birgalikda taronani kuyladi.

Farrux Zokirov qiyofasidagi Sevara Nazarxon. Foto: Facebook / Первый канал

Farrux Zokirov qiyofasidagi Sevara Nazarxon. Foto: Facebook / Первый канал

Hakamlar hay’ati a’zolari Leonid Yarmolnik, Mixail Boyarskiy, Lyubov Kazarnovskaya va Gennadiy Xazanov Sevaraning chiqishiga a’lo baho qo‘ydi. Keyinroq, betaraf hakam Dmitriy Dyujev Sevara ijrosini besh ballga loyiq, deb topdi va u jami maksimal 25 ball to‘pladi.

Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda 23 ball, oltinchi va yettinchi turlarda 24 balldan, shuningdek, maxsus sakkizinchi turda 25 ball, to‘qqizinchi raundda 22 ball, 10-bosqichda 25 ball, 11-turda esa 21 ball to‘plagan edi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi