Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevroittifoq chuqur tanglikni boshdan kechirmoqda, uning taraqqiyotini davom ettirish va Yevropa sivilizatsiyasini saqlab qolishini kafolatlash uchun uning tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish kerak. Bu haqda Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Le Point jurnaliga bergan intervyusida gapirib o‘tdi, deya xabar berdi “ITAR-TASS”.

Foto: itar-tass.com

Foto: itar-tass.com

Sarkozi fikricha, “yagona fransuz-german iqtisodiy hududi”, shuningdek amaldagi Shengen kelishuvining o‘rnini bosadigan chegara rejimi haqidagi yangi bitim Yevropa tuzilmasini isloh qilishning poydevori bo‘lib xizmat qilishi kerak.

“Parij va Berlin o‘z munosabatlarida muvozanat o‘rnatishi kerak, – dedi Nikolya Sarkozi. – Agar Yevroittifoqning iqtisodiy jihatdan yirik ikki davlati iqtisodiyot va soliq sohasida birlashsa, Yevrohudud bundan faqat foyda ko‘radi, qit’amiz esa barqarorlashadi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik
Mahalliy
Prezident Toshkent energetika tizimi bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi