Farg‘onada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va viloyat hokimligi tashabbusi bilan adabiyot kunlari o‘tkazildi. Ushbu nafosat bayrami xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan adabiy-badiiy tadbirlarga ulanib ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Adabiyot kunlari doirasida Marg‘ilon shahrida “Marg‘ilon mushoirasi” deb nomlangan yoshlar anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Tadbirda yosh ijodkorlarning asarlari badiiy-g‘oyaviy jihatdan tahlil etilib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
Izoh (0)