Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2014-yil 1-aprel kuni “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasida Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Namik Guner Erpul bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” matbuot markazi xabar berdi.

Foto: turkeyforfriends.com

Foto: turkeyforfriends.com

Turk tomoni tashabbusi bilan tashkil qilingan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida sayyohlik sohasidagi hamkorlik masalalari ko‘rildi.

Bundan tashqari, turizm sektoriga TICA tomonidan texnik hamkorlikni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.

Namik Guner Erpulning ta’kidlashicha, o‘tgan yili Turkiyadan dunyoning turli mamlakatlariga jami 75 million kishi sayohat qilgan. “Ushbu tashriflarning 1 foizi O‘zbekistonga yo‘naltirilsa, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlar oqimining keskin o‘sishiga sabab bo‘ladi”, — dedi u.

Shuningdek, Turkiya elchisi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK ning Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi aviareyslarini ko‘paytirish zaruriyati haqida gapirdi. U yana Turkiyani Samarqand, Buxoro shaharlari bilan bog‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.

Muzokaralar chog‘ida ko‘rilgan masalalardan yana biri har ikkala mamlakatdagi turizm sohasi vakillari va talabalari uchun Turkiya va O‘zbekistonga infoturlar tashkil qilish bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari