“Toshkent quvur zavodi” Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi birinchi yarim yillik so‘ngigacha ishlab chiqarishni kengaytiradi. Buning uchun 10 million dollar sarflanadi, deya xabar berdi “Noviy Vek” nashri.
Aprelda qo‘shma korxona 89—219 millimetrli to‘g‘ri chokli quvurlar va 270—700 millimetrli ko‘ndalang kesilgan quvurlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ularning umumiy yillik ishlab chiqarish quvvati 30 ming tonnani tashkil etadi. Shuningdek, yiliga 8 ming tonna poliolefin qoplamali po‘lat quvurlar ham chiqariladi.
Iyun oyida neft va gaz tarmoqlari uchun 1220—1620 millimetrli API-Sp.5L standartidagi spiral chokli quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bunday mahsulot yiliga 16 ming tonna miqdorda chiqariladi.
Moliyalashtirish korxona ta’sischilari hisobidan amalga oshirildi.