• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda advokat stajyori va sherigi 34 ming dollarni noqonuniy olayotganida qo‘lga tushdi (video)

    Andijon, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida advokatlar noqonuniy pul olayotganida ushlandi.

    Foto: Videodan kadr

    Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bo‘ston tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosining advokat stajyori hamda 1984-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zaro kelishgan holda, o‘zganing nomida bo‘lgan 34 sotix noturar yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga turar joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 34 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Boshqa holatda esa Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan Bektemir tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 184 va 189-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha 4 nafar fuqaroni javobgarlikka tortmaslik va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 25 ming dollar talab qilgan.

    Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ushbu pul mablag‘ini advokatning ko‘rsatmasiga asosan, uning 1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan tanishi olgan vaqtida ushlandi.

    Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa Peshku tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati 2024-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudi tomonidan sudlangan fuqaroga oid ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rilishi jarayonida unga nisbatan oqlov hukmi chiqarish masalasini sud tizimidagi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 12 ming dollar olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosining muqaddam sudlangan ishchisi Shayxontohur tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan poytaxtdagi SPA salonlardan birining boshqaruvchisiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali tergov jarayonida tugatishga ko‘maklashish evaziga o‘zining 1993-yilda tug‘ilgan tanishi orqali 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

    Tergovga qadar tekshiruv davomida, advokatlik byurosi ishchisi ushbu masalani o‘zi ishlayotgan advokatlik byurosi advokati orqali hal qilib berishni rejalashtirgani aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va byuro advokati ham mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Shuningdek, advokatlik byurosi ishchisi SPA salon boshqaruvchisidan muqaddam 4500 dollar olgani ham ma’lum bo‘ldi.

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Firibgarlik va pora uchun qo‘lga tushgan advokatlar

    2025-yilning yanavrida Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangandi. U 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha hozirda shahar sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

    2024-yilning martida Qoraqalpog‘istonda advokat giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish bilan ayblanayotgan shaxsga yengillik qilib berish evaziga sudyaga 10 ming dollar pora berayotganida qo‘lga tushgandi. O‘sha yilning aprelida Toshkentda muqaddam sudyalik qilgan advokat 75 ming dollar pora olayotganida ushlandi. Bu pulni qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) va odam savdosi bilan sudlanib, 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan va shaxsga nisbatan tayinlangan jazoni yengilroq jazo turiga almashtirib berish evaziga olgan.

    18 mart, 10:26   Izoh (0)   5659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #advokat#pora#firibgarlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qibrayda ipoteka krediti olib berish evaziga fuqarodan 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    11.10.2022, 08:21

    DXX prokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini jinoyat ustida qo‘lga oldi 

    28.02.2023, 11:30

    Samarqandda advokat pora bilan qo‘lga tushdi

    04.04.2023, 00:20

    Samarqandda 2,5 mlrd so‘mlik qazdorlikni kamaytirish uchun 15 ming dollar so‘ragan soliq inspektori qo‘lga olindi (video)

    08.04.2023, 11:12

    Namanganda sud qarorini kechiktirib berish evaziga 200 dollar so‘ragan soxta advokat ushlandi 

    31.07.2023, 11:10

    Xorazmda Milliy gvardiya markazi boshlig‘i, Toshkentda advokat, Buxoroda “IIB xodimi” pora olayotganda ushlandi

    12.11.2023, 15:49

    Samarqandda Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan ushlandi

    08.02.2024, 09:48

    Qoraqalpog‘istonda advokat sudyaga 10 ming dollar pora berayotganida qo‘lga tushdi

    01.03.2024, 10:15

    Toshkentda muqaddam sudyalik qilgan advokat 75 ming dollar pora olayotganida ushlandi (video) 

    07.04.2024, 11:43

    Toshkentda prokuratura va FVV xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi

    06.07.2024, 10:32

    Yer yuzidagi eng boy ayol kim va u qanday qilib bu darajada boyib ketgan?

    6 yanvar, 18:39

    Toshkentda firibgarlikda ayblanib advokat va yurist ushlandi (video)

    22 yanvar, 13:16
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Respublika bo‘ylab bir kunda o‘quvchilar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 24 may, 19:10

    Atir va dezodorantlarning kutilmagan zarari aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 19:03

    Pingvinlar yer sayyorasini global issiqlikdan qutqarishi mumkin

    Layfstayl | 24 may, 18:55

    Eronda ilk havo taksisi ishga tushirildi

    Dunyo | 24 may, 18:40

    Buxorodagi propan zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 24 may, 18:20

    O‘zbekistonda 25-may kuni havo harorati 38 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 may, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.