Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekkonsert”ga 2022-yil may oyidan rahbarlik qilib kelgan Davron Sheraliyev 2023-yil oktyabrida vazifasidan ozod etilganidan so‘ng muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Davron Sheraliyevdan avval “O‘zbekkonsert”ga 2021-yilning mayidan Jamoliddin Uzoqov rahbarlik qilgan.
Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekkonsert”ga 2017—2020-yillarda rahbarlik qilgan. U boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgach muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Jamoldinov 2020-yil iyunidan vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi bo‘lgan. O‘sha yilning noyabrida Anvarjon Tojiboyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Izoh (0)