Daryo

“Litsenziyasiz faoliyat jarimaga sabab bo‘ladi”. “O‘zbekkonsert” xonandalar administratorlarini ogohlantirdi

Davlat muassasasi konsert-tomosha, to‘y-marosimlar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ma’murlar litsenziyasiz faoliyat olib bormasligi kerakligini eslatmoqda

1 daqiqa o‘qish10 772 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi konsert-tomosha, to‘y-marosimlar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ma’murlar litsenziyasiz faoliyat olib bormasligi kerakligini eslatib, aks holda javobgarlikka tortilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga tashkilot axborot xizmati rahbari Sevara To‘laganova xabar berdi. 

Sevara To‘laganova.
Foto: “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi 
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi qaroriga asosan mamlakatimizda konsert-tomosha yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ma’mur (administrator)lar litsenziya asosida faoliyat yuritishi belgilangan. Ma’murlik (administrator) — litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turiga kiradi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun faoliyat turiga qarab davlat boji bir jismoniy shaxsga bir yil hisobidan to‘lanadi, deydi u. 

Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165-moddasiga ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar