Daryo

“O‘zbekkonsert”ga yangi direktor tayinlandi

Bugunga qadar muassasa direktori vazifasida faoliyat olib borgan Jamoliddin Uzoqov lavozimidan ozod etilgan

1 daqiqa o‘qish43 094 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati

Davron Sheraliyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati

Bugunga qadar muassasa direktori vazifasida faoliyat olib borgan Jamoliddin Uzoqov lavozimidan ozod etilgan. U 2021-yilning mayidan buyon ushbu lavozimda edi.

Davron Sheraliyev tayinlovga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov 2020-yilning yanvaridan buyon madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Undan avval vazirlikka 2017-yildan buyon Baxtiyor Sayfullayev rahbarlik qilib kelgan.

Mavzuga doir: “Madaniyat vazirligi qoniqarsiz ishlamoqda”. Senat qo‘mitasida Ozodbek Nazarbekov rahbarlik qilayotgan vazirlik tanqid qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar