• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Texnik xatolik yuz bergan bo‘lishi mumkin” — Qashqadaryo hokimligi “Mehr daftari” hisobidan elektromobillar xarid qilinayotgani haqida

    Qashqadaryo viloyati hokimining matbuot kotibi Ahror Sodiqov viloyat hokimligi “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan  to‘rtta BYD Song Plus avtomashinalar xarid qilayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    Foto: “Demokrat.by”

    Unga ko‘ra, mazkur holatda texnik xatolik yuz bergan bo‘lishi mumkin. Viloyat hokimligi xarid qilgan gibrid transport vositalari prezident qarori asosida xalq deputatlari viloyat kengashining 2024-yil 16-fevraldagi K/24-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan mahalliy byudjetning 2024-yil boshidagi erkin qoldik mablag‘lari hisobidan xarid qilingan. Yaʼni avtomobillar xaridi uchun “Mehr daftari” jamg‘armasidan mablag‘ o‘tkazilmagan.

    Foto: Telegram / Ahror Sodiqov

    Qayd etilishicha, ushbu avtomobillar Vazirlar Mahkamasining 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan meʼyorlar amal qilgan holda xarid qilingan.

    Hozirda serverda nega “Mehr daftari” jamg‘armasi ko‘rsatilayotgani sabablari o‘rganilmoqda. Qo‘shimcha maʼlumotlar taqdim etamiz, — deyiladi munosabatda.

    “Gazeta.uz” nashrining yozishicha, Qashqadaryo viloyati hokimligining “Mehr daftari” jamg‘armasi nomidan to‘rtta “gibrid” BYD Song Plus sotib olish bo‘yicha 1 milliard 780 million so‘mlik kelishuvlar amalga oshirilmoqda (1, 2, 3, 4). O‘tgan yilning 9 iyun kuni ushbu jamg‘arma tomonidan ham 450 million so‘mga Chevrolet Equinox (start-stop tizimi bilan jihozlangan gibrid) sotib olish uchun ariza berilgan bo‘lib, u hali ijro bosqichida.

    Shuningdek, Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan ham munosabat e’lon qilindi. Unda ham “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari elektromobil sotib olish uchun ishlatilgani rad etilgan. Ular davlat xaridlari portalida ma’lumotlarning noto‘g‘ri ko‘rsatilishini saytdagi kamchilik bilan bog‘lagan va tez orada kamchilik to‘g‘rilanishiga umid bildirgan.

    Foto: Buxoro viloyati hokimligi

    Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyati hokimining 14-dekabrdagi farmoyishi bilan China Group kompaniyasidan mahalliy budjet zahira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonuniy talablar asosida 1 dona BYD Song Plus Champion elektromobili xarid qilingan. Xabarda aytilishicha, bunda “Mehr daftarchasi” mablag‘laridan foydalanilmagan. Hokimlik hujjatlar nusxalarini ilova qilgan.

    Foto: Buxoro viloyati hokimligi

    “Davlat xaridlari portalida viloyat hokimligining STIR (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) orqali qidiruv berilganda ‘Mehr daftari’ jamg‘armasi nomi ostida joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi, bu elektron portalda texnik xatoliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda”, — deya ta’kidlanadi xabarda. Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, viloyatning bir qator shahar va tumanlari hokimliklarining STIRni qidirishda ham xuddi shunday kamchilik kuzatilmoqda.

    25.04.2024, 09:02   Izoh (1)   10899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. sardorjonergashev4@gmail.com / 25.04.2024, 09:56

      Оддий машина минсаям бўладику. Хамма бюджетни пули шунақа рахбарчаларга кетяпти. Туман хокимларидаям Каптива Траккер. Уялсин сал

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Madaniyat vazirligi 15 ta Isuzu sotib olish uchun 8 mlrd so‘m ajratdi

    21.08.2023, 15:39

    Toshkent viloyati hokimligi yangi qimmatbaho mashina xarid qilgani haqida xabarlar tarqaldi

    22.08.2023, 23:53

    “Zaxira mablag‘dan olingan, qolaversa, hokim 2 yil xizmat avtomobilisiz yurgan”. Angor hokimining Captiva-5 xaridiga izoh berildi 

    11.03.2024, 18:06

    Turkiyada o‘zbekistonlik erkak ish joyida zinadan yiqilib, halok bo‘ldi 

    25.04.2024, 08:02

    Andijondagi professor o‘qituvchilar AQSHga malaka oshirish uchun 5 oyga yuborilishi mumkin

    24.04.2024, 23:25

    Toshkentda 1,8 ming dollarga ingliz tili sertifikatini olib berishni va‘da qilgan shaxslar ushlandi

    24.04.2024, 22:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31

    Anjelina Jolining muxlislari uning qo‘riqchisi sabab aktrisadan xavotirda

    Kino | 25 may, 10:51

    Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 25 may, 10:29

    Luka Modrich “Real” bilan rasman xayrlashdi: “Yakunlangani uchun yig‘lama, sodir bo‘lganidan quvon”

    Sport | 25 may, 10:19

    Pavel Durov sevgilisiga Gollivuddagi rolni 400 ming dollarga sovg‘a qildi

    Shou-biznes | 25 may, 09:41

    O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 may, 09:09

    Garnacho o‘z xizmatlarini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 25 may, 08:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.