• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident “BMB Holding” kompaniyasining Jizzaxdagi agrologistika majmuasini borib ko‘rdi

    Shavkat Mirziyoyev “BMB Holding” kompaniyasining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi agrologistika majmuasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mamlakatda qishloq xo‘jaligi eksportining salohiyati yuqori. Bunda mahsulotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va sotishning barcha bosqichlarini qamrab olgan agrologistika markazlari juda muhim.

    “BMB Holding” kompaniyasining o‘tgan yil dekabrda ishga tushgan majmuasi ham shulardan biri. Bu loyihaning umumiy qiymati 57 million dollardan ziyod. Majmuada yiliga 10 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash hamda 8 ming tonnani birlamchi qayta ishlash imkoni mavjud. 180 kishi doimiy ish bilan taʼminlagan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini va eksportga tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

    Logistika markaziga meva-sabzavot mahsulotlari Jizzax viloyati va qo‘shni hududlardan olib kelinadi. O‘tgan yili “BMB Holding” tizimidagi agroklaster tomonidan 1 200 dan ortiq fermerdan shartnoma asosida 16 turdagi 52 ming tonnadan ortiq hosil olindi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2024-yilda Sayxunobod tajribasi asosida 2 485 nafar aholi tomorqalari bilan kooperatsiya asosida shartnoma qilinadi. Shuningdek, 4 mingga yaqin fermer xo‘jaligining 14 500 gektar maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Buning natijasida klaster negizida qo‘shimcha 32 mingtadan ortiq mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.

    Majmuada fitosanitar va sanitar-epidemiologik sertifikatlash laboratoriyasi, bojxona hamda bank filiallari, hostel tashkil etilgan. Laboratoriya Rossiya, Xitoy, AQSH va Germaniya davlatlaridan keltirilgan 34 ta eng zamonaviy uskuna bilan jihozlangan. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Karantin xodimlari shu yerning o‘zida mahsulotlarni ko‘rikdan o‘tkazadi. Muhimi, ular tomonidan rasmiylashtirilgan fitosanitar sertifikat 119 ta davlat tomonidan tan olinadi.

    Bu kabi imkoniyatlarning mavjudligi korxonaning eksport salohiyati va geografiyasini oshirmoqda. Bugungacha Qozog‘iston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi va Xitoyga qariyb 43 million dollarlik mahsulot yuborildi. Joriy yil yakuni bo‘yicha eksport hajmini 58 million dollarga chiqarish reja qilingan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident bunday agrologistika markazlarini boshqa hududlarda ham ko‘proq tashkil etib, ularga muayyan dalalarni va mahallalarni biriktirish zarurligini taʼkidladi. Bu tadbirkor uchun yetarli mahsulot, aholi uchun kafolatli xarid imkoniyatini beradi.

    Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash lozim, 2017-yilda tashkil topgan kompaniya tarkibida bugun 4 ta qo‘shma va 26 ta sho‘ba korxona mavjud. Iqtisodiyotning turli jabhalarida qariyb 1 milliard 500 million dollarlik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xususan, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi BMB Opera Zafferano qo‘shma korxonasi tomonidan 400 gektarlik zaʼfaron plantatsiyasi yaratildi. Yetishtirilgan mahsulotlar USDA ORGANIC sertifikatiga ega bo‘lib, Italiya, Avstriya, Niderlandiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. AQSH bozoriga kirish uchun ham FDA ruxsatnomasi berilgan.

    Kelgusi uch yilda bu loyihaning qiymati 80 million yevroga yetkazilib, zaʼfaron yetishtirish hajmi 1,8 tonnadan 20 tonnaga oshiriladi. Davlat rahbari bu rejalarni maʼqullab, zaʼfaron maydonlari va eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    08.04.2024, 21:20   Izoh (0)   5203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov tumanidagi oila xonadonida bo‘ldi (foto, video)

    08.04.2024, 16:50

    Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto)

    08.04.2024, 18:13

    Jizzaxda 6,1 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    08.04.2024, 19:01

    O‘zbekistonning oltita hududida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi

    08.04.2024, 21:00

    Surxondaryoda 1,5 gektar yerni 200 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    08.04.2024, 20:40

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari maʼlum qilindi

    08.04.2024, 20:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.