• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Salomatlik

    Buyuk Britaniyada chivin orqali yuqadigan kasallik holatlari ikki barobar ko‘paydi

    Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi (UKHSA) mamlakatda chivin orqali yuqadigan chikungunya virusi bilan kasallanish holatlari ikki barobardan ortganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

    Foto: BBC
    Foto: BBC

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, asosan Afrika va Janubiy Osiyoda uchraydigan, kutilmaganda isitma va bo‘g‘im og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan chikungunya virusi bilan kasallanish holatlari yilning dastlabki 6 oyida 70 tadan oshgan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 2 barobardan ko‘p degani (27 ta holat qayd etilgan edi). Bu holatlar asosan sayyohlar va xorijga sayohatlar bilan bog‘lanmoqda.

    Chikungunya odatda o‘limga olib kelmaydi, ammo ba’zi bemorlar bo‘g‘im og‘rig‘ini yillar davomida his qilishi mumkin. Ko‘pchilik ikki hafta ichida to‘liq tuzaladi, juda kam hollarda kasallik o‘lim bilan yakunlanadi. Agentlik Hind okeani mintaqasida virus tarqalayotgani, Britaniyadagi deyarli barcha yangi holatlar Hindiston, Shri-Lanka va Mavrikiydan qaytgan sayohatchilar orasida aniqlanganini bildirmoqda. Virus ikki turdagi chivin orqali yuqadi, ammo ular Buyuk Britaniyada uchramaydi.

    UKHSA’ning jamoat salomatligi bo‘yicha maslahatchisi doktor Filipp Vil sayohatchilarga chivin chaqishidan saqlanish uchun quyidagi choralarini ko‘rishni tavsiya etdi:

    “Chikungunya jiddiy kasallikka aylanib ketishi mumkin. Sayohat vaqtida hasharotlarga qarshi vositalardan foydalanish, tanani yopiq kiyim bilan himoyalash va insektitsid bilan ishlov berilgan moskit to‘rlar ostida uxlash zarur”.

    Yuqori xavfli hududlarga boruvchilar uchun chikungunya vaksinasini olish tavsiya qilinmoqda. Britaniyada chikungunyadan tashqari ilk bor odatda Markaziy va Janubiy Amerika hamda Karib dengizi hududlarida uchraydigan Oropouche virusi holatlari ham qayd etilmoqda. U asosan mayda pashsha chaqishi orqali yuqadi. Buyuk Britaniya yoki Yevropada uning tarqatuvchi turlari mavjud emas. Virus belgilari yuqori isitma, titroq, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘im va mushak og‘rig‘ida namoyon bo‘ladi. Dunyo bo‘ylab 2024-yildan beri Oropouche bilan kasallanish ko‘paygan, homilador ayollarga esa ushbu virusning ehtimoliy ta’siri bois alohida ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

    Ma’lumot o‘rnida, bundan oldinroq Xitoyda chukungunya bilan kasallanish holatlari 7 mingdan oshgani xabar berilgan edi. Mamlakatda aholiga idishlar (guldon, kofe mashinasi va h.k)dagi suvlarni ishlatishda ehtiyot bo‘lish tavsiya etilgan. Ehtiyot choralariga amal qilmaganlarga 10 ming yuan (taxminan 1400 dollar) jarima solinayotgani aytilgan.

    15 avgust, 10:29   Izoh (0)   934
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Buyuk Britaniya#chivin#virus#chukungunya#ko′paydi#kasallik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.