“Barselona” klubi yarim himoyachi Pedri bilan shartnomani 2030-iyungacha uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Pedri Kataloniya klubi safida 2020-yildan buyon faoliyat olib bormoqda.
Futbolchi joriy mavsum La Ligada 20 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izoh (0)