“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar Ligasi tarixida hozirda “Barselona”ni boshqarayotgan nemis mutaxassisi Xans-Diter Flikning natijasini takrorladi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklarning niderlandiyalik ustozi o‘z jamoasi bilan Chempionlar Ligasidagi dastlabki yetti o‘yinini g‘alaba bilan boshlagan tarixdagi ikkinchi murabbiyga aylandi. Bungacha bunday natijani Flik 2019—2020-yillarda “Bavariya”ni boshqarganida qayd etgan edi. O‘shanda myunxenliklar musobaqadagi barcha 11 uchrashuvda g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining umumiy bosqichidagi 7-tur o‘yinida “Liverpul” o‘z maydonida “Lill”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Shunday qilib, Slot shogirdlari hozirda turnirning umumiy bosqichida 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Izoh (0)