Eron chempionatining 15-tur doirasida “Havadar” klubi o‘z maydonida “Persepolis”ni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatning amaldagi chempioni “Persepolis” “Havadar” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi. Bahsning 85-daqiqasida o‘zbekistonlik vinger Oston O‘runov gol urdi.
Qayd etish lozim, O‘runov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Eron chempionati
15-tur
1-yanvar, chorshanba
“Havadar” - “Persepolis” 0:5
Gollar: Ali Alipur (17, 52, 79), Issa Alkasir (67), Oston O‘runov (85).
“Persepolis”: 22.Amir Rizo Rafei, 3.Farshad Faraji, 6.Hussayin Kanani, 7.Soroush Rafiye, 9.Ali Alipur, 10.Isa Alkasir, 20.Ayub el Amlud, 23.Milad Sarlak, 30.Giorgi Gvelesiani, 70.Oston O‘runov, 80.Salmani.
Zaxira: 1.Aleksis Genduz, 4.Milad Muhammadi, 5.Masud Rigi, 8.Murtazo Puraliganji, 11.Farshad Ahmadzoda, 18.Abulfazl Babayei, 21.Said Sadeg‘i, 27.Sayed Mehri, 77.Muhammad Qodabandelu, A.Enayatzoda.
Avvalroq Oston O‘runov Eronning “Persepolis” klubi bilan yangi shartnoma imzolagandi.
Izoh (0)