• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Yosh aktrisa, model, instabloger Nozanin Gaffarova “Daryo”ga maxsus intervyu berdi. U intervyu davomida raqqosalikni nima sababdan tashlagani, oilani deb karyeradan voz kechmasligi va mashhur teleko‘rsatuvda tanqidga uchragani haqida gapirdi.

    “Jarohat olgach, raqqosalikni tashladim”

    Foto: “Daryo”

    — Bolaligimdan sanʼatkor bo‘lishni istaganman. Aktrisa bo‘lmaganimda, jurnalist bo‘lardim, lekin aniq sanʼat va madaniyat sohasini tanlardim. Yetti yoshimdan beri sahnadaman, musiqa maktabiga borib, raqs bilan professional shug‘ullanganman. Raqs bilan shug‘ullansam, maza qilaman, maxsus kostyumlar juda yoqadi. “Bahor” ansamblida bir yil professional raqqosa bo‘lib ishladim. Belimdan jarohat olganimdan so‘ng, shifokorlar raqs bilan doimiy shug‘ullanishni taqiqlab qo‘ydi. Sog‘lig‘im sababli kasbimdan kechishga majbur bo‘lganman. Baʼzi insonlar raqqosalarga nisbatan yomon munosabatda bo‘ladi. Men doim madaniyatli, raqsni tushunadigan insonlar davrasida bo‘lganman. Shu sababli hech qachon yomon munosabatga duch kelmaganman, dedi aktrisa.

    “Aktyorlik mahoratimdan qoniqmayman”

    Foto: Instagram

    — Sanʼatkor o‘zidan hech qachon qoniqmaydi. Shu jumladan, men ham o‘zimni yetarli darajada iqtidorli deb hisoblamayman. Kechalari uxlamay, suratga olish maydonchalarida qolib ketamiz. Mehnat ham kerak, faqat iqtidorning o‘zi bilan ish bitmaydi. “Tashrif qog‘ozi” bo‘ladigan rolimni hali ijro etmadim. Orzumdagi rol — detektiv xonim obrazi. Yoshligimdan detektiv filmlar ko‘p ko‘rganim uchun aynan shunday obrazni gavdalantirishni xohlardim, deydi Nozanin.

    “Turmush qurishimni o‘ylab, bunday rollarni rad etyapman”

    Foto: Instagram

    — Avval salbiy rollardan qo‘rqmasdim, aksincha salbiy obrazda maza qilardim. Hozir esa salbiy rollarni ham tanlab-tanlab ajrataman. Qahramon nima uchun salbiyligi, kelib chiqishiga qarayman. Qiz bolaman, faqat karyerani, syomkani o‘ylash xato. Kelajagimni o‘ylagan holatda, shu qarorga keldim. Tomoshabinlar, ayniqsa bizning tomoshabinlar ishonuvchan. Shu sababli ham meni yomon ko‘rib qolishmasin, turmushga chiqsam bu obrazlarim turmushimga ham xalal bermasin, deb salbiy obrazlarda chiqishni kamaytirdim. Bu qarorimni to‘g‘ri deb hisoblayman.

    “Endi iqtidor bo‘lsa, diplom shart emas. Ustozlarning metodlari bu yog‘iga qo‘llanilmaydi”

    Foto: “Daryo”

    — Qo‘shiq ham kuylayman, bu hozircha hobbi. Keyinchalik balki kasbga aylanib ketishi mumkin. Hozircha xonandalikka daʼvogarligim yo‘q, tanlash jarayonidaman. Qo‘shiq kuylashni o‘zim juda yaxshi ko‘raman.Vokaldan ham dars olganman. Keyinroq nasib qilsa, albom chiqarish niyatim bor, ammo hozir emas. Shu paytgacha hech qachon mablag‘ masalasini birinchi o‘ringa qo‘ymaganman, qo‘ymaslikka ham harakat qilaman. To‘g‘ri, pul kerak bo‘ladi baribir. Ammo qilayotgan ishimni yaxshi ko‘rib, chin dildan bajarmasam, dunyoning pulini bersa ham qilmayman.

    Instagramʼda chiqish uchun ham odamda aktyorlik mahorati bo‘lishi kerak. Men hamma blogerning ham aktyorlik mahorati bor demayman. Ammo sanʼat sohasida o‘qimagan bo‘lsa-da, mahorati o‘qiganlardan-da zo‘rlarini ko‘rganman. Bu narsaga katta aktyor-aktrisalarning g‘ashi kelishi mumkin, bunga haqlari ham bor. Ammo yangi chiqib kelayotgan avlodda iqtidor bo‘lsa, o‘qishi va diplom bo‘lishi shart deb o‘ylamayman. Zamon o‘zgardi, ustozlarimiz davridagi metodlar bundan keyin qo‘llanilmaydi. Internet rivojlangan, buni filtrlash ham imkonsiz, dedi Nozanin Gaffarova.

    “Oila deb san’atdan voz kechmayman”

    Foto: Instagram

    — Yoshligimdan orzu qilib, mehnat qilib, kechalari uxlamay stressga tushib, yig‘lab, ovqatlanmay qo‘yib erishgan darajamni tashlab ketishga, menimcha, hech nima arzimaydi. Arzirli narsa bor deb o‘ylamayman. Oilani nazarda tutmayapman. Haqiqatdan meni sevadigan, uylanmoqchi bo‘ladigan inson bo‘lsa, qandaydir shart qo‘ymaydi. Orzularim, karyeram bilan birga sevadi. Karyerangni tashlaysan, uyda o‘tirasan deydigan bo‘lsa, rozi bo‘lmayman. Bir necha yillik mehnatlarimning mevasini ko‘rayotgan vaqtimda bariga qo‘l siltab shundoq tashlab ketolmayman. Hattoki bu oila bo‘lsa ham. Odamlar nima deb o‘ylashining farqi yo‘q, deydi aktrisa.

    “Bollivud battl”da qatnashib, katta negativga uchradim”

    Foto: Instagram

    — “Bollivud battl”da qatnashishni shu darajada xohlaganmanki, uch oy davomida Xudodan duo qilib so‘raganman. Sentyabr oyida menga aloqaga chiqib, ko‘rsatuvga taklif qilishgan. Bu loyiha men uchun omadli keldi, yuzim yanada tanildi. Sanʼatning ichidagi insonlardan bekor qatnashibsan, degan gaplarni ham eshitdim. Lekin o‘zim haqiqatan maza qildim.

    Negaligini bilmayman-u, ammo shu loyihadagi ishtirokim davomida juda katta negativga uchradim. Buni qabul qilish juda qiyin bo‘ldi. Partnyorimning aybi Rixsitilla Abdullayevning o‘g‘li bo‘lgani, mening aybim Rixsitilla akaning o‘g‘li bilan shu loyihada qatnashayotganim bo‘lgan. Kimdir loyihadan chiqib ketsa ham, boshqa narsa bo‘lsa ham bizning videomiz izohiga negativ yozishardi. Instagram yoki YouTubeʼda video chiqqach, mingta izoh yozilgan bo‘lsa, shundan 900 tasi negativ bo‘lardi. Bilmayman, nega? Ko‘p izohlar boshqa millat madaniyatni targ‘ib qilishda ayblash, mentalitet haqida bo‘lardi. Hali bu qadar katta muhokamalarga tayyor emasligimni shunda tushunganman.

    Bu loyihada qatnashganimdan hech qachon afsuslanmayman. Qariganimda ham kulib eslaydigan xotira va emotsiyalar qoldi, deydi Nozanin.

    Ma’lumot uchun, Nozanin Gaffarova 2002-yilda tug‘ilgan. Hozirda u 22 yoshda bo‘lib, San’at va madaniyat oliygohining uchinchi bosqich talabasi.

    Suhbatni to‘liq holda DaryoLifestyle YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    12 may, 21:40   Izoh (0)   51561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Nozanin#Gaffarova#Bollivud#battl#Rixsitilla#Abdullayev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yo‘qchilik yiqitar yigit zo‘rini”. Ruslan Sharipov bilan xit darajasiga chiqqan qo‘shiqlar (video)

    19.06.2016, 10:00

    Eron qamoqxonalaridagi 18 yoshga to‘lgach qatl qilinishi mumkin bo‘lgan qizlar qismati haqida (fotomaqola)

    10.01.2020, 07:34

    Shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar, nohaq “zapret”lar. Ruslan Sharipovning hayoti qanday kechgan?

    31.07.2020, 12:26

    “Muhtasham yuz yil” serialida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan aktyorlarning hozirgi ko‘rinishi (foto)

    18.01.2021, 19:56

    Tilimizni bilamizmi: ommalashgan va ommalashayotgan xatolar

    21.07.2021, 10:12

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: betakror Nanay manzaralari

    22.02.2022, 13:33

    O‘zbekistonda taniqli shoir va dramaturg Haydar Muhammad vafot etdi

    09.10.2022, 11:48

    Xushlamay kuylagan qo‘shig‘i xit bo‘lgan, san’at uchun oilasidan voz kechgan: Xonanda Umida Mirhamidova 49 yoshda (video) 

    04.03.2023, 09:41

    O‘zbekiston xalq artisti Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi

    14.06.2024, 08:03

    2024-yilda hayotdan ko‘z yumgan o‘zbekistonlik mashhurlar  

    31.12.2024, 10:45

    San’ati uchun oilasidan voz kechgan va amerikalik qizni kelin qilgan Umida Mirhamidova 51 yoshda (foto, video)

    4 mart, 09:23

    “Muhtasham yuz yil”da saroy kanizaklarini gavdalantirgan aktrisalar hozir qanday ko‘rinishda?  

    11 aprel, 14:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy—Mo‘g‘uliston koridorida birinchi yuk tashuvi amalga oshirildi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 14:40

    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

    Reklama | 5 iyun, 13:30

    Ismi ortidan milliardlab dollar topadigan jahon yulduzlari

    Layfstayl | 5 iyun, 14:35

    Hajda issiq haroratga qarshi choralar ko‘rilmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 14:25

    Sutkalab navbat, pul so‘rashlar, imtiyozli o‘tish: Navoiy chegara bojxona postidan reportaj

    O‘zbekiston | 5 iyun, 14:11

    “Bir oylik mehnatim uchun 500 ming so‘m gonarar berishdi” — aktrisa Zahro Mirzayeva vaynerlar sabab aktyorlar qadrsizlanayotgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 5 iyun, 14:06

    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

    Reklama | 5 iyun, 12:00

    Tramp Garvardning xorijiy talabalari uchun viza berishni rasman taqiqladi

    Dunyo | 5 iyun, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.