• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tilimizni bilamizmi: ommalashgan va ommalashayotgan xatolar

    Tilimizda ba’zi so‘z va iboralarni, atamalarni, hatto jumlalarni yanglish qo‘llash juda ommalashib ketgan. Bu jarayon hozir ham davom etyapti. Yangi-yangi xatoliklar paydo bo‘lyapti va keng iste’molga kiryapti. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shu mavzuga aloqador ba’zi misollarni sharhlaydi.

    O‘rta dengiz

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Tinch okeani deyish xatoligi, Tinch okean shakli to‘g‘ri ekani haqida yozganimda ko‘pchilik hayratga tushgandi. Ba’zilar, hatto, jahllanib ham ketdi. To‘g‘ri deb ishonganingni xato deyishsa, alam qiladi-da! Bugun shunga o‘xshash yana bir ma’lumot bilan bo‘lishmoqchiman. Toshpo‘lat tajanglar tirsagini tishlashga tayyor turaversalar ham bo‘ladi.

    Afrika va Yevropa qit’alari orasida bir dengiz bor, nomi – O‘rta dengiz. Uni o‘zbekchada ko‘pchilik O‘rtayer dengizi yoki O‘rta Yer dengizi shaklida xato ishlatadi. Manaman degan nashrlar, kitoblar, hatto darslik va qo‘llanmalarda ham uchraydi bu holat. Lekin milliy ensiklopediya va ensiklopedik lug‘atni varaqlab ko‘rsangiz, shu mavzudagi maqola O‘rta dengiz deb nomlanganiga guvoh bo‘lasiz. Ayni shu shaklda ishlatish to‘g‘ri. Nega?

    Solishtirish uchun ko‘pchilik biladigan ikki tildan misol keltiraman. Bu dengiz ingliz tilida Mediterranean Sea, rus tilida Средиземное море deb ataladi. Mediterranean lotinchadan olingan bo‘lib, yer o‘rtasidagi, yer ichidagi degan ma’noni anglatadi: medius – o‘rta, terra – yer, zamin. Bu so‘z yunoncha mesógeios so‘zining kalka tarjimasidir. Ibora yunonchada yer o‘rtasidagi dengiz ma’nosini anglatadi.

    Средиземное море ruschada yer orasidagi dengiz deganidir. U alaloqibat Mediterranean atamasiga borib taqaladi. Ruschadagi ifoda mantiqan to‘g‘ri. Chunki bu dengiz ikki ulkan quruqlik orasida joylashgan.

    Dengizning turli tillarda turlicha nomlari bor. Tarixda ham bir necha xil atalgan. Ulug‘ dengiz, Suriya dengizi, G‘arbiy dengiz, Bahri safid, O‘rta dengiz, Bahri Rum, Oq dengiz kabilar shular jumlasidan.

    O‘rtayer, O‘rta yer yoki O‘rta Yer dengizi deyish nima uchun xato? E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu yerdagi mazmunga ko‘ra, yer o‘rtada bo‘lib qolyapti. Aslida o‘rtada yer emas, suv havzasi bor. Gap dengiz o‘rtasidagi yer haqida emas, ikki yer yoki ikki quruqlik o‘rtasidagi dengiz haqida ketyapti.

    Unda nega bunday ifoda paydo bo‘lgan va keng yoyilgan? Menimcha, ruscha Средиземное море atamasi yanglish tarjima qilingan va keyinchalik e’tiborsizlik tufayli bu xato ommalashgan.

    Garchi ensiklopediyaning dengizga atalgan maqolasida O‘rta dengiz deyilgan bo‘lsa-da, kitob ichidagi ba’zi maqolalarda O‘rtayer dengizi, O‘rta Yer dengizi kabi ifodalar qo‘llangan. Bunga ensiklopediya maqolalarini yuzlab mualliflar yozgani sabab bo‘lsa kerak. Juda katta hajmli kitobni tahrirlash, barcha jildlardagi atamalar va toponimlarni solishtirib, birxillashtirib chiqish anchagina qiyin ish, albatta. Keyingi nashrlarda tuzatib qo‘yilsa, nur ustiga nur bo‘lardi.

    Xo‘sh, O‘rta dengiz deyish nima uchun to‘g‘ri? Dengiz ham ikki quruqlik o‘rtasida, ham Yer sharining o‘rta qismida, ekvatorial hududda joylashganini hisobga olsak, O‘rta dengiz nomi unga quyib qo‘ygandek mos tushadi.

    Quvaytmi yoki Kuvayt?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Arabiston yarimorolida joylashgan bu davlat nomida ko‘p xato qilinadi. Hatto, qaror va farmonlarda, rasmiy idoralar saytlari, internet nashrlari sahifalarida va boshqa o‘rinlarda Quvayt shaklida yanglish ishlatilganini ko‘rish mumkin. Albatta, hech kim xatodan xoli emas, hammamiz ham adashamiz. Buning davosi – bilib olishdir.

    Davlatning nomi – Kuvayt. Arabchasi – davlatul Kuvayt. Kichkina hududga ega bu mamlakatning poytaxti nomi ham al-Kuvaytdir. Kuvayt arabchada shaharcha, qo‘rg‘oncha ma’nosini anglatadi.

    O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida davlat va shahar nomi Kuvayt shaklida berilgan.

    Men Quvayt variantini ham lug‘atlarga, jumladan, ensiklopediyaga kiritish tarafdoriman. Chunki talaffuzda asosan Quvayt deymiz, tilimizga shu qulay. Masalan, ozarlar o‘z mamlakatlarini Azerbayjan deb ataydi, biz o‘zimizga moslab Ozarbayjon deymiz. Bu lug‘atlarimizda ham aks etgan. Til chet so‘zni o‘ziga moslashi tabiiy jarayon.

    Lekin hozircha faqat Kuvayt variantini to‘g‘ri deb qabul qilamiz.

    “Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!”

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    So‘nggi paytlarda shu ibora juda mashhur bo‘ldi. Magazinchi G‘aybullayam, mahalladagi xotinlar ham, ikkichi Yoshvoy ham, a’lochi Toshvoy ham – hamma qo‘llayapti.

    Biror so‘z yoki iborani qo‘llashda uning asl mazmuni nima, boshqa ma’noda ishlatsa, to‘g‘ri bo‘ladimi-yo‘qmi – o‘ylab ko‘rish kerak, albatta.

    Sarlavhadagi jumla, asosan, tug‘ilgan kun tabrigi sifatida ishlatilyapti. Lekin shukrona kuni iborasini tug‘ilgan kun ma’nosida qo‘llash xato.

    Shimoliy Amerikada, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanadada keng nishonlanadigan bayram bor – Shukrona kuni. Marosim nomi o‘zbekchada Shukronalik kuni shaklida ham ishlatiladi. U Yangi yilgacha davom etadigan bayram mavsumini ochib beradi.

    Yangi yerlardan baxt izlab yo‘lga chiqqan angliyaliklar ummon oshib, 1620-yil noyabrida hozirgi Massachusets shtati hududlariga kelib tushadi. Yuz kishiga yaqin muhojirning yarmi qahraton qish sharoitida halok bo‘ladi. Tirik qolganlarga mahalliy hindu qabilalari yordam beradi. Ularning ko‘magi bilan angliyaliklar toshloq yerlarda dehqonchilik qilish sirlarini o‘rganadi va katta hosil oladi. Hududning birinchi gubernatori U. Bredford ana shu to‘qchilik va omonlik sabab Xudoga shukr qilish marosimini o‘tkazishni taklif etadi. 1621-yilning noyabrida bayram ilk bor tashkil etiladi.

    Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bayramning diniy motivlari ham bor.

    Bu bayram hozir AQShda noyabr oyining to‘rtinchi chorshanbasida, Kanadada esa oktyabrning ikkinchi dushanbasida nishonlanadi.

    Shuningdek, Qozog‘istonda ham Shukronalik kuni nishonlanadi. U Shimoliy Amerikadagidan farqli bayram.

    So‘zni yanglish ishlatmaslik kerak. Ayniqsa, mohiyat butkul o‘zgarib ketadigan, odamni chalkashtiradigan o‘rinlarda. Har narsani o‘zining nomi bilan atash zarur. Shu nuqtayi nazardan, “Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!” jumlasini tug‘ilgan kunga nisbatan ishlatish xato. Chunki Shukrona kuni iborasining umum qabul qilingan ma’nosi boshqa.

    U nimaga tez shuhrat qozondi? Aniq bir sababini bilmayman. Taxminlarim bor. Menimcha, buning birinchi sababi tug‘ilgan kun so‘zini ishlatishdan qochish bo‘lsa kerak. Dinimizda tug‘ilgan kunni nishonlash targ‘ib etilmagani uchun shu ibora qo‘llanyapti, deylik. Lekin so‘zi boshqacha bo‘lgani bilan tug‘ilgan kun tug‘ilgan kunligicha qoladi-ku. Demak, bu unchalik asosli sabab emas.

    Boshqa bir taxminga ko‘ra, bu ibora orqali shu yoshga yetgani uchun Yaratganga shukr qilish ma’nosini ifodalash maqsadi bor. Unday deydigan bo‘lsak, inson hayotida shukr qilishi kerak bo‘lgan voqealar, sanalar ko‘p. Ammo shukronalik kuni ta’rifi ularga nisbatan ishlatilmaydi.

    Yana bir taxmin – jumlaning chiroyli, jarangdor eshitilishi. Kishi jumla ishlatishda ham boshqalardan ajralib turishni, madaniyroq ko‘rinishni, kamyob topildiqlarni qo‘llashni istaydi. Lekin bu istak bilimdan xoli bo‘lsa, mazmunsiz yoki kulgili mazmunga ega so‘z va iboralar paydo bo‘lib qolishi hech gap emas.

    Qarisi bor uyning parisi yo‘q

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Qofiya so‘zni ta’sirchan, esda qolarli qiladigan vosita. Lekin qofiya qilaman deb ma’noni ko‘chada qoldirish yaramaydi.

    “Qarisi bor uyning parisi bor” degan maqolni eshitgan bo‘lsangiz kerak. To‘liq shakli:

    Qarisi bor uyning parisi bor,Parisi bor uyning barisi bor.

    Mana shu maqolda ma’no ko‘chaga quvilgan. Nega deysizmi?Pari asli forscha so‘z, o‘zbek tilida ikki xil ma’noda ishlatiladi:1. Sharq xalqlari og‘zaki ijodida keng tarqalgan, juda go‘zal qiz qiyofasidagi, nurdan yaratilgan, kishilarni ins-jinslardan saqlaydigan afsonaviy obraz; go‘zallik ramzi:

    Qari bilganini pari bilmas. (Maqol)

    2. Ko‘chma ma’noda: juda go‘zal, xushro‘y ayol, nozanin:– Sizni shu pariga uylantirib qo‘yaymi? – dedi Tojiboy...P. Tursun, O‘qituvchi.

    Endi shu maqoldagi pari so‘zini bu ikki ma’noda tushunib ko‘ring. Mantiqli ma’no topolmadingizmi? Topolmaysiz ham. Qorong‘i uyda qora mushukni topish qiyin, ayniqsa, u yo‘q bo‘lsa, deyishadi-ku.

    Xonadonda keksalarning borligi bu yerda juda go‘zal qiz qiyofasidagi afsonaviy obrazning yoki juda go‘zal, xushro‘y ayolning ham bo‘lishiga olib keladimi? Yo‘q.

    Maqolning to‘g‘ri varianti: “Qarisi bor uyning farishtasi bor”. Nuroniy otaxon va onaxonlarning yuzida iliqlik, so‘zida hikmat bo‘ladi. Ular bor joyga fayz kiradi, baraka yog‘iladi.

    Yuqorida “Qari bilganni pari bilmas” degan maqolni ham keltirdik. Uning mantiqiy asosi bor. Yoshi ulug‘ kishilar katta bilim va tajribaga ega bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodida ba’zan firib va aldov ramzi sifatida talqin etiladigan, chiroyi va afsunlari bilan qahramonlarni sehrlab qo‘yadigan parilar ham qarilar bilgan narsani bilmaydi, keksalarning bilim-tajribasi ko‘p degan mazmun kelib chiqadi maqoldan. Demak, bu maqol mazmunan to‘g‘ri.

    Albatta, pari so‘zi bu yerda boshqa ma’noda ishlatilyapti, ma’no ko‘chgan deyish ham mumkin. Biroq pari so‘zi maqol talab etayotgan mazmunda boshqa o‘rinlarda ham qo‘llanmaydi. Jumladan, ko‘chma ma’noda ham.

    21.07.2021, 10:12   Izoh (0)   51568
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.